Energetiklarga “Damas” avtomashinalari topshirildi
- 10.04.2025 13:36
- 120
- Samarqand

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ qurilish-montaj direksiyasi filiali Samarqand bo‘linmasiga 5 ta, aksiyadorlik jamiyatning energosavdo bo‘linmasiga 8 ta “Damas” rusumli xizmat mashinalari topshirildi.
Soha xodimlari hududlardagi qurilish ishlarining sifatli olib borilayotganligi hamda elektr energiyasidagi mavjud qarzdorliklarning bartaraf etilishi, talon-toroj qilinishining oldini olishda faollik ko‘rsatganliklari uchun shu tarzda rag‘batlantirildi.
Avvalroq, ya’ni Navro‘z umumxalq bayrami arafasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr ta’minotlariga 10 dona “Damas” rusumli avtomashina va 3 dona "Isuzu" rusumli maxsus texnikalar topshirilgan edi.
Teglar:
elektr ta’minoti
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Jannat ham o‘zing, do‘zax ham o‘zing
- Kecha, 19:47
- Mutolaa
Antarktidadagi maxfiy baza
- Kecha, 19:42
- O'qing, qiziq!