KDRda BMT xodimlarini o‘ldirgan 51 kishi o‘limga hukm qilindi
- 03.02.2022 11:46
- 62
- Xorij
Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) harbiy tribunali qariyb besh yil avval BMTning ikki xodimining o‘ldirilishida ayblangan 51 kishini o‘lim jazosiga hukm qildi, deb xabar bermoqda France-Presse agentligi.
Gap BMTning ikki eksperti – Shvetsiya fuqarosi Zayda Katalan va AQSh fuqarosi Maykl Sharpning o‘ldirilishi haqida ketmoqda. 2017 yilning mart oyida ular KDRning Kasai provinsiyasiga missiyasi vaqtida o‘g‘irlab ketilgan va ikkalasi ham o‘sha oyning oxirida o‘lik holda topilgan.
Qayd etilishicha, 54 nafar ayblanuvchidan bir kishi o‘n yilga ozodlikdan mahrum etilgan, yana ikki nafari oqlangan.
Ta’kidlanishicha, o‘lim jazosiga hukm qilinganlar umrbod qamoq jazosini o‘tashadi, chunki KDRda 2003 yildan beri o‘lim jazosiga moratoriy amal qiladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa