Kecha Samarqandda 37 kishi koronavirusga chalindi, 44 nafar bemor tuzaldi
🔺2021 yil 19 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 182 060 (+406) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 11 nafari Andijon viloyatida,
📌 9 nafari Buxoro viloyatida,
📌 12 nafari Jizzax viloyatida,
📌 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 3 nafari Navoiy viloyatida,
📌 6 nafari Namangan viloyatida,
📌 37 nafari Samarqand viloyatida,
📌 11 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 26 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 11 nafari Xorazm viloyatida,
📌 116 nafari Toshkent viloyatida,
📌 152 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
♻️ Kecha kun davomida respublikamizda 450 nafar, shundan Samarqand viloyatida 44 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 177 979 nafarga yetdi.
⚫️ Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.