Ko‘chalar kovlangan, harakatlar vaqtincha cheklangan, tirbandliklar yuzaga kelgan. Samarqand shahridagi ushbu holatlar nimadan kelib chiqyapti?

2022 yilda Samarqand shahrida Shanxay Hamkorlik tashkilotining Sammiti o‘tkazilishidan xabaringiz bor. Ushbu yirik anjumanga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan yuklatilgan aniq topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 mayda “Samarqand shahrida 2019-2022 yillarda amalga oshiriladigan ulkan bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Mazkur hujjatga muvofiq Samarqand shahridagi ayrim ko‘chalarda navbati bilan ichimlik suvi, elektr energiyasi, kanalizatsiya hamda aloqa tarmoqlarini yangilash, rekonstruksiya qilish, tonnel va ko‘priklar qurilish, ta’mirlash ishlari olib borilyapti.

Jumladan, joriy yil tabiiy gaz tarmoqlari holatini yaxshilash maqsadida uzunligi 43,1 kilometr, loyiha qiymati 42,6 milliard so‘mlik ishlar bajarilyapti:

Jumladan, quyidagi manzillarda:

* Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi kesishmasidan Bo‘stonsaroy ko‘chasi orqali Samarqand xalqaro aeroportigacha;

* 4R-46 ko‘chasidan Ibn Xoldun ko‘chasi orqali Rudakiy ko‘chasidan Shohi-Zindagacha;

* Bo‘stonsaroy ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur ko‘chasi orqali «SamAVTO» zavodigacha (3 kilometr qismi, bruschatka);

* G-34 ko‘chasidan Gulobod ko‘chasi orqali Xo‘ja Ahror Valiy majmuasigacha;

* Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidan Narpay ko‘chasi orqali Kimyogarlar qo‘rg‘onigacha;

* Bo‘stonsaroy va Rudakiy ko‘chalarida quriladigan tonnel hududida;

* Mirzo Ulug‘bek va Gagarin ko‘chalarida quriladigan tonnel hududida;

* M-37 avtomobil yo‘lidan Gagarin ko‘chasi orqali Gulobod ko‘chasigacha;

* Registon ko‘chasida.

2019 yilda elektr energiyasi tarmoqlari holatini yaxshilash bo‘yicha ishlar quyidagi manzillarda (uzunligi 104,1 kilometr, loyiha qiymati 151,0 milliard so‘m) olib borilyapti:

* Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi chorrahasidan Bo‘stonsaroy ko‘chasi orqali Samarqand xalqaro aeroportigacha;

* 4R-46 ko‘chasidan Ibn Xoldun va Rudakiy ko‘chalari orqali Shohi-Zinda majmuasigacha;

* Bo‘stonsaroy ko‘chasi chorrahasidan Amir Temur ko‘chasi orqali “SamAVTO” zavodigacha (3 kilometr qismi, bruschatka);

* G-34 ko‘chasidan Gulobod ko‘chasi orqali Xo‘ja Ahror Valiy majmuasigacha;

* Bo‘stonsaroy va Rudakiy ko‘chalarida quriladigan tonnel hududida;

* Miroz Ulug‘bek va Gagarin ko‘chalarida quriladigan tonnel hududida;

* Gagarin ko‘chasi, Amir Temur ko‘chasidan Rudakiy ko‘chasigacha;

* Registon ko‘chasidan Penjikent ko‘chasi orqali M-39 ko‘chasigacha;

* 35 kVtli “Registon” nimstansiyasidan “Afrosiyob” nimstansiyasigacha;

* Dahbet va Registon ko‘chalari oralig‘idagi Panjikent ko‘chasi bo‘ylab 35 kVtli “L-Sherdor”, “L-Chinor” tarmog‘ini yangilash;

* Yangi qurilishi mo‘ljallangan “Namozgoh” nimstansiyasigacha;

* “Afrosiyob nimstansiyasidan 35 kVtli tarmoqni qurish.

Joriy yilda aloqa tarmoqlarini tortish bo‘yicha ishlar quyidagi manzillarda (uzunligi 35,9 kilometr, loyiha qiymati 28,1 milliard so‘m) amalga oshirilyapti:

* Bo‘stonsaroy va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasidan Rudakiy ko‘chasigacha hamda Rudakiy va Ibn-Sino ko‘chalari kesishmasidan Samarqand xalqaro aeroportigacha;

* Beruniy ko‘chasidan Rudakiy ko‘chasi orqali Shohi-Zinda majmuasigacha;

* G-34 va Gulobod ko‘chalari kesishmasidan Samarqand tumanidagi Xo‘ja Ahror Valiy majmuasigacha;

* Bo‘stonsaroy ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasi orqali Gagarin chorrahasigacha;

* Rudakiy ko‘chasi chorrahasidan Gagarin ko‘chasi orqali Firdavsiy ko‘chasigacha;

* Shohi-Zinda ko‘chasidan “Hujum” fabrikasi orqali Al-Motrudiy majmuasigacha;

2019-2021 yillarda quriladigan va ko‘chiriladigan ichimlik suvi hamda kanalizatsiya tarmoqlari bo‘yicha ishlar quyidagi manzillarda (ish hajmi 54,7 kilometr, loyiha qiymati 190,8 milliard so‘m) amalga oshirilmoqda:

* «Samarkand city» turistik zonasi hududidan o‘tuvchi kanalizatsiya tarmog‘ini ko‘chirish;

* Bo‘stonsaroy va Amir Temur ko‘chalari kesishmasidan Samarqand xalqaro aeroportigacha boruvchi ichimlik suvi tarmog‘ini qurish;

* Samarqand xalqaro aeroportidan Dahbet ko‘chasigacha boruvchi kanalizatsiya tarmog‘ini tortish;

* Lohutiy ko‘chasidan Ro‘dakiy ko‘chasi bo‘ylab SP-3 ONSgacha kanalizatsiya tarmog‘ini tortish;

* Xo‘ja Ahror Valiy majmuasidan Gulobod ko‘chasi orqali Termiz ko‘chasigacha kanalizatsiya va ichimlik suvi tarmoqlarini tortish;

* Mirzo Ulug‘bek rasadxonasidan boshlab Afrosiyob, Vohid Abdullayev va Ibn Sino ko‘chalari bo‘ylab ichimlik suvi tarmog‘ini qurish;

* Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Buxoriy ko‘chasigacha ichimlik suvi tarmog‘ini qurish;

* Ibn Sino va Dahbet ko‘chalari kesishmasida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichlar hududidan kanalizatsiya va ichimlik suvi tarmoqlarini ko‘chirish;

* Bo‘stonsaroy va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichlar hududidan kanalizatsiya va ichimlik suvi tarmoqlarini ko‘chirish;

* Mirzo Ulug‘bek va Gagarin ko‘chalari kesishmasida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichlar hududidan kanalizatsiya va ichimlik suvi tarmoqlarini ko‘chirish;

* Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidan Narpay ko‘chasi orqali Kimyogarlar qo‘rg‘onigacha kanalizatsiya va ichimlik suvi tarmoqlarini tortish va yangi suv inshootini qurish;

* M-37 avtoyo‘lidan Gagarin ko‘chasi orqali Gulobod ko‘chasigacha ichimlik suvi tarmog‘ini tortish va mavjud suv inshootini ta’mirlash;

* Temir yo‘l vokzalidan Beruniy ko‘chasi orqali Mirzo Ulug‘bek chorrahasigacha, tramvay yo‘li ostida qolgan kanalizatsiya tarmog‘ini ko‘chirish;

* Ibn Sino ko‘chasidan Maroqand ko‘chasi orqali Shohi-Zinda obidasigacha bo‘lgan masofada ichimlik suvi tarmog‘ini tortish;

* Zehniy ko‘chasidan Juyisoy mahallasi orqali M-39 avtomagistraligacha ichimlik suvi tarmog‘ini tortish;

* Panjikent ko‘chasidan Moturidiy majmuasigacha ichimlik suvi tarmog‘ini tortish;

Samarqand shahrida amalga oshirilayotgan mazkur ishlar natijasida yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun shahrimiz aholisi va mehmonlaridan uzr so‘raymiz.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.