Koloradoda otishma sodir bo‘ldi, 10 kishi halok bo‘ldi

Amerikadagi Boulder shahrida (Kolorado shtati) sodir bo‘lgan otishmada qurbonlar soni 10 nafarga yetdi. Halok bo‘lganlar orasida bitta politsiyachi bor, deya xabar qildi mahalliy politsiya rahbari Maris Xerold.

Ma’lum bo‘lishicha, 22 mart kuni ertalab Amerikaning Kolorado shtati Boulder shahridagi supermarketda noma’lum shaxs tartibsiz o‘q uza boshlagan. Keyinchalik, otishmani sodir etgan shaxs hibsga olingani, uning o‘zi ham yaralangani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Ma’lumot mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tasdiqlandi. Hozircha tajovuzkorning o‘t ochish sabablari noma’lum.

Huquqni muhofaza qilish idoralari vakili Kerri Yamaguchi politsiya ushbu hodisaga daxldor boshqa tahdidlar yo‘qligini aytdi.