Amerikalik lotereyada 1,76 milliard dollar yutib oldi – bu AQSh tarixidagi ikkinchi yirik yutuqdir
G‘olib 774 million dollarni bir yo‘la yoki to‘liq pulni 29 yil davomida bo‘lib-bo‘lib olish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak.
Yutuqlar bo‘yicha soliq u yoki bu tarzda 24-37 foizni tashkil etadi.
Nashrning qayd etishicha, omadlilar har doim ham pullarini to‘g‘ri sarflay olmagan. Masalan, farrosh bo‘lib ishlagan bir britaniyalik lotereyada 10 million yevro yutib olib, bir pasda barcha pullarni sarflab, kasbiga qaytgan.
Amerikalik Evelin Adams ikki marta 1986 yillarda lotereyada 5,4 million dollar yutgan. Ammo omadli qiz o‘zini ko‘prog‘iga loyiq, deb Atlantik Siti kazino-shahriga borib, barcha pullarini yo‘qotgan. Bugun u treyler parkida ishlaydi.
Kanadalik Jerald Musvagen 1998 yilda 10 million dollar yutib olgan. U pulni atigi yetti yil ichida spirtli ichimliklar va ziyofatlarga sarflagan va 2005 yilda ota-onasining garajida o‘zini osib o‘ldirgan.
Nigeriyada 46 yoshli Rozmari Obiekor esa uch million nayr (taxminan 15,7 ming yevro) yutib oladi va mahalliy televideniyeda pul berish marosimida pulni birinchi uchratgan tilanchiga berishini aytadi. Uning tushuntirishicha, lotereyada yutgan odamlar pulni telbalarcha sarflagani, keyin ularning boshiga ko‘p baxtsizlik tushgani haqida ko‘p eshitgan. Haqiqatan ham, u bankda chekini naqd qilib, ikki yoshli bolasi bilan ko‘chada sadaqa so‘rab o‘tirgan tilanchi ayolga bir qop pul beradi.