Marsoxod «Perseverance» Marsga muvaffaqiyatli qo‘ndi

Mars orbitasiga uchirilgan «Perseverance» («Qat’iyat») marsoxodi hamda «Ingenuity» vertolyotiga ega Amerikaning sayyoralararo avtomatik stansiyasi kecha, 18 fevral kuni Qizil sayyora yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi, deb xabar berdi AQSh aeronavtika va kosmik fazo tadqiqoti milliy boshqarmasi (NASA).

Taxminan 3 daqiqadan so‘ng kosmik kema sayyora yuzasidan birinchi oq-qora tasvirni uzatdi.

«Perseverance» qizil sayyorani o‘rganish uchun NASA yuborgan Amerikaning beshinchi marsoxodidir.

Sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlariga ko‘ra, planetoxod qo‘ngan Marsdagi Yezero kraterida ilgari katta ko‘lga quyiladigan daryo deltasi bo‘lgan. Olimlar fikricha, ushbu krater jinslarida hayot izlari saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin.

Rover ishi Marsda tog‘ jinslari namunalarini to‘plashdan iborat bo‘lib, ular Yevropaga kosmik agentligi (YeKA) va NASAning maxsus qo‘shma missiyasi tomonidan Yerga olib tushiladi.

Taxminlarga ko‘ra, yangi rover Marsda 687 sutka ishlaydi.

Amerika marsiy missiyasining bahosi 2 milliard dollarga baholanmoqda.