1961 yil 12 aprelda Yuriy Gagarin “Vostok” kosmik kemasida dunyoda birinchi bo‘lib Yer orbitasi bo‘ylab parvozni amalga oshirgan

108 minut davom etgan o‘sha parvoz insoniyatning kosmosni o‘rganish tarixida yangi davrni boshlab berdi.

Ammo jahon falakiyoti ilmining Mirzo Ulug‘bekdek buyuk siymosi voyaga yetgan O‘zbekistonnning kosmonavtika taraqqiyotidagi, dunyoning birinchi fazogiri hayotidagi tutgan o‘rni ham tarixiy ahamiyatga ega. Mirzacho‘l tumani markazi koinotga ilk parvoz inson xotirasiga Gagarin nomi bilan atalishida ham chuqur ma’no bor.

1974 yilda tuman markaziga shahar maqomi berilib, Gagarin nomi bilan atalgan. Shaharda birinchi kosmonavtga o‘rnatgan haykal Markaziy Osiyo respublikalaridagi eng mahobatlisi hisoblanadi.