Astronavtlar xalqaro kosmik stansiyada texnik ishlar olib borish uchun ochiq kosmosga chiqdi
Amerikalik astronavtlar Viktor Glover va Maykl Xopkins kecha, shanba kuni Xalqaro kosmik stansiyasi (XKS) texnik xizmatlari uchun ochiq kosmosga chiqdi, deya xabar berdi NASA.
«NASA astronavtlari skafandrlarini soat 8:14 (Toshkent vaqti bilan 18:14) da avtonom boshqarish rejimiga o‘tkazishdi. Bu bugungi ochiq kosmosga chiqishning rasmiy boshlanishini belgilab berdi», deyiladi agentliknig Twitter akkauntida.
Astronavtlar avvalgi kosmik parvozlar paytida tugatilmagan vazifalarni - ammiak ko‘priklarini bo‘shatish va boshqa joyga ko‘chirish, Quest shlyuzli bo‘lmasida issiqlik himoyasi konstruksiyasi kuchaytirgichini o‘rnatish, yevropalik Columbus modulining Bartolomeo platformasida foydali yuk kabellarini ulashni tugatish va Unity modelida antennani simsiz aloqaga almashtirish ishlarini bajarishi kerak bo‘ladi.
Kosmikdagi parvoz 6,5 soat davom etdi. Bu yil XKSning Amerika dasturi bo‘yicha to‘rtta ochiq kosmosga chiqishi amalga oshirildi.
Bugun Xalqaro planetariylar kuni. Bu kun har yili mart oyining yakshanbasida nishonlanadi. Ushbu kasb bayramining maqsadi – odamlarni planetariylar faoliyati bilan tanishtirish va astronomik bilimlarni targ‘ib qilishdir.
Hozirgi kunda dunyoda ikki mingdan ziyod planetariylar mavjud. 1980 yildan boshlab ular yangi avlod loyihalaridan foydalanmoqda. Ularda kompyuter orqali yaratilgan tasvir baliq ko‘zini eslatuvchi yagona linza ko‘rinishida aks etadi.
G.XOLDOROVA tayyorladi.