Konstitutsiyaviy shikoyat instituti: Taklif, tajriba, amaliyot
Samarqand shahrida «Markaziy Osiyo mamlakatlarida konstitutsiyaviy shikoyat instituti modellarining rivojlanish tendensiyalari» mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Xalqaro konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Yevropa Kengashining Huquq orqali demokratiya uchun Yevropa komissiyasi (Venetsiya komissiyasi) hamkorligida o‘tkazilayotgan anjumanning maqsadi yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik, shu jumladan konstitutsiyaviy islohotlar haqida xalqaro hamjamiyatga to‘liq va xolis ma’lumot yetkazishdan iborat.
Xalqaro konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi M.Abdusalomov, Yevropa Kengashining Huquq orqali demokratiya uchun Yevropa komissiyasi (Venetsiya komissiyasi) prezidenti Kler Bazi-Malori, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Spikeri birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi direktori A.Saidov, Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisining hamkorlik bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Vim Riyepma kirish so‘zi bilan ochdi.
Tadbirda Bosh qomusimizda ilk bor belgilangan konstitutsiyaviy shikoyat institutini rivojlantirishda xalqaro tajribani o‘rganish, xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy sudlarining amaliyoti bilan tanishish hamda Venetsiya komissiyasi va unga a’zo mamlakatlar konstitutsiyaviy nazorat organlari bilan hamkorlikni mustahkamlashga e’tibor qaratilmoqda.