Koronavirus mutatsiyaga uchrab, yangi pandemiya boshlanishi mumkinmi?
AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi shtab a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda koronavirus infeksiyasi borasida aholidan kelgan savollarga javob qaytarildi.
➖ Virus mutatsiyaga uchrashi kutilmoqdami va yangi pandemiyaga olib kelishi mumkinmi?
➖ Rossiya Federatsiyasi va xorijiy davlatlar biolog olimlari, kasallikning ikkinchi to‘lqini joriy yilning noyabrlarida kuzatilishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.
Qaysidir manbada virusning mutatsiyasi kasallikni yengil kechuvini keltirib chiqaradi deb hisoblasa, qaysidir olimlar mutatsiya virusni kasallik chaqiruvchi qobiliyatini yanada kuchaytiradi va og‘irroq kechishi mumkin, degan taxminiy g‘oyalarni ilgari surmoqdalar.
Shaxsiy kuzatuvlar asosida aytish mumkinki, mazkur virus sovuq va namgarchilikni yaxshi ko‘radi. Shunday muhitda u juda tez ko‘payadi va tarqaladi hamda uning kasallik chaqirish xususiyati kuchayadi.
Issiq iqlim tarqaluvchanlikni kamaytiradi. Tarqaluvchanlik kamaygani sari virus yuklamasi kamayadi va kasallik yengil kechishi kuzatiladi.