Koronavirus, ORVI, gripp tufayli Rossiyada maktablar yopilmoqda
- 12.10.2021 18:04
- 53
- COVID-19
Rospotrebnadzor rahbari Anna Popovaning aytishicha, epidemiologik vaziyat tufayli Rossiya Federatsiyasining 25 ta sub’yektidagi 605 ta maktab yopilgan.
"Shuni ham ta’kidlashni istardimki, ta’lim muassasalarida epidemik jarayonni to‘xtatish - COVID, ORVI va grippning avj olishiga qarshi chora sifatida maktab o‘quvchilarini masofadan o‘qishga o‘tkazish chorasi qo‘llaniladi.
Bunday maktablar ko‘p emas: bugungi kunda 25 ta viloyatdagi 605 ta maktab va 22 ta hududda 117 ta bolalar bog‘chasi to‘liq yopildi", dedi Rossiya hukumati huzuridagi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruv kengash Prezidiumi yig‘ilishida Popova.