Koronavirusdan vafot etganlar orasida jurnalistlar ham bor

Press Emblem Campaign (PEC) jurnalistlar assotsiatsiyasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 1 martdan 31 maygacha dunyoda 127 nafar jurnalist COVID-19 bilan kasallanib vafot etgan.

- OAV xodimlari yangi virusga qarshi kurashda muhim rolni bajarmoqda. Ular kasallikning tarqalishi haqida axborot berishi kerak. Qurbon bo‘lgan jurnalistlarning ayrimlari o‘z ishini bajarayotgan chog‘da kerakli himoya vositalarini topa olmagani uchun vafot etgan, - degan PEC bosh kotibi Bleyz Lempen.

Eng ko‘p o‘lim holati Lotin Amerikasi mintaqasida qayd etilgan. Peruda 15 jurnalist koronavirusdan dunyodan ko‘z yumgan bo‘lsa, Braziliya va Meksikada 13 nafardan qalam ahli vafot etgan. AQShda koronavirusdan halok bo‘lgan jurnalistlar 12 kishini, Rossiyada esa 5 kishini tashkil etmoqda.