Koronavirusga chalingan sirdaryoliklar haqida rasmiy axborot berildi
Avval xabar berganimizdek, 2020 yil 7 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 472 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, hududlar bo‘yicha koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlik holatlari e’lon qilinib, mazkur ro‘yxatda sirdaryoliklar ham borligi qayd etilgan.
Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Rustam Yuldashev koronavirusga chalingan sirdaryoliklar haqida axborot berdi.
“Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tomonidan 2020 yil 7 aprel kechki soat 02:00 holatiga Respublikamizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar soni to‘g‘risida bergan axborotida ko‘rsatilgan 4 nafar sirdaryolik fuqarolar Sirdaryo viloyatida hisobda turadi. Ularning bir nafari Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi, 3 nafari Farg‘ona viloyatidagi xorijdan kelgan fuqarolar uchun mo‘ljallangan karantin muassasalarida davolanmoqda“ deydi Rustam Yuldashev.