Kreml Rossiya va Ukraina o‘rtasida bosib olingan hududlarni almashish to‘g‘risida. Gretsiya yangi prezidentni sayladi. Vashington diplomatiyani qisqartiradi

🔹 Rossiya Ukraina bilan muzokaralarda bosib olingan hududlarni almashish masalasini muhokama qilmaydi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov brifingda. U Ukraina Qurolli Kuchlari nazorati ostidagi Kursk viloyatining bir qismini Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Ukraina hududining bir qismiga almashtirishni taklif qilgan Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga shunday izoh berdi. Bir kun avval Ukraina prezidenti Moskva bilan tinchlik muzokaralari boshlangan taqdirda Kiyev “bir hududni boshqasiga almashishi”ni aytgan edi. Qaysi qismini deb so‘rashganda, “bilmayman, ko‘ramiz. Ammo bizning barcha hududlarimiz muhim, ustuvorlik yo‘q”, deb javob bergan.

🔹 Gretsiya Milliy assambleyaning sobiq spikeri, “Yangi demokratiya” partiyasidan parlament a’zosi, 66 yoshli Konstantinos Tasulas Gretsiyaning yangi prezidenti etib saylandi.

🔹 Oq uy butun dunyo bo‘ylab Amerika konsulliklarini sezilarli qisqartirmoqchi. Yevropa davlatlari, Kanada, Meksika va Tinch okeanidagi orollardagi diplomatik vakolatxonalar yopilish xavfi ostida. "Ro‘yxat"da Germaniya va Fransiya ham bor. 

🔹 Yaponiya hukumati AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatidan Tokioni po‘lat va alyuminiyga yangi 25 foizlik bojlardan ozod qilishni so‘radi.

🔹 Rossiya hukumati Rossiyada giyohvand moddalar kontrabandasida ayblanib sudlangan 63 yoshli maktab o‘qituvchisi Mark Vogelni AQShga topshirdi. AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Rossiyada sudlangan barcha Amerika fuqarolarini qaytarish niyatida.

🔹 Misr hukumati Isroil va AQSh rasmiylarining G‘azo aholisini joylashtirish niyatidan norozi. Misr G‘azo sektori aholisiga yer ajratish bo‘yicha har qanday rejani rad etadi. Germaniya kansleri Olaf Shols ham Trampning falastinliklarni arab mamlakatlariga joylashtirish rejasiga qarshi chiqdi.

🔹 Falastinning HAMAS harakati AQSh prezidenti Donald Trampning tahdidlariga javoban, Isroil anklavdagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi shartlariga rioya qilmasa, G‘azo sektorida qolgan garovga olinganlarni ozod qilishni to‘xtatishini ma’lum qildi. 

🔹 Misr mudofaa vaziri Isroil bilan chegara yaqinida joylashgan uchinchi dala armiyasi qo‘mondonligiga urushga tayyorgarlik ko‘rishni buyurgani aytilmoqda.

🔹 Armaniston parlamenti Yevropa Ittifoqiga kirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi