Kuchli “Fransisko” to‘foni Primore o‘lkasiga 8 avgust kuni yopiriladi
Qutqaruvchilar “Fransisko” to‘fonini Primorega yaqinlashayotganligi haqida ogohlantirishdi, 8 avgust kuni u viloyatga jala va bo‘ronli shamol olib keladi. Bu haqda RIA Novosti FVV viloyat boshqarmasi ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
“Fransisko” tropik to‘fonining Yapon dengiziga o‘tishi va keyinchalik janubiy qirg‘oqqa qo‘shilishi taxmin qilinayotganiga ko‘ra, 8 avgust kuni ertalab va kunduzi, 9 avgust kuni kechasi, Primoreda kuchli, joylarda judayam kuchli 50 millimetr va undan ziyod yog‘ingarchilik kutilmoqda” – ta’kidlangan boshqarma xabarida.
Alohida hududlarda chaqmoq va 23 metr sekundgacha shamol tezligi kutilmoqda, daryolarda suv sathining ko‘tarilishi ehtimoldan xoli emas. Kuchaytirilgan e’tibor sakkizta to‘fon ko‘proq xavf solishi mumkin bo‘lgan – Xasansk, Oktyabrsk, Shkotovsk, Partizansk, Lazovsk, Chuguyevsk, Olginsk tumanlari va Ussuriysk shahar kengashi hududlariga qaratilgan. Favqulodda vaziyatlar xizmatlari yuqori tayyorgarlik holatiga keltirilgan. Primorsk qutqaruvchilari favqulodda vaziyatlar yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirishmoqda: YTX holatlarining ortishi, energiya ob’yektlarida hodisalar, uy-joy kommunal xo‘jaligi va transport infrastrukturasi, yaxshi o‘rnatilmagan reklama qurilmalarining qulashi, daraxtlar yiqilishi.
Avvalroq, sinoptiklar avgust oyining birinchi o‘n kunligida Primorega kelishi mumkin bo‘lgan kuchli to‘fon haqida xabar berishgandi.