Yaponiyada 8 kishi yomon ob-havo qurboni bo‘ldi
Yaponiyada kuchli qor yog‘ishi oqibatida 18 mingdan ortiq odam elektr va issiqliksiz qolgani haqida xabar bergan edik. Ushbu tabiat hodisasi tufayli 4 nafar kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni esa 45 nafarga yetgan.
Hafta boshida Yaponiya shimoli va g‘arbida to‘xtovsiz kuchli qor yog‘di. Elektr, uyali aloqada uzilishlar, temir yo‘l aloqalarida uzilishlar kuzatildi. Qor tufayli yo‘llarda 20-30 kilometrli tirbandliklar hosil bo‘lib, ularni bartaraf etishga uch kun vaqt ketdi.
Meteorologlarning prognozlariga ko‘ra, 23 dekabrdan boshlab mamlakatning shimoliy va g‘arbiy hududlarida kuchli qor yog‘ishi davom etadi. Bir sutkada 30 dan 90 santimetrgacha qor yog‘ishi kutilmoqda.
Kuchli qor yog‘ishi kuzatilayotgan hududlarda aholini zaruratsiz uylarini tark etmaslikka chaqirildi. Milliy avtomagistrallarda tirbandlikning oldini olish maqsadida Transport vazirligining ma’lum qilishicha, ayrim transport yo‘llari yopilishi mumkin.