Yilning ilk tabiat «injiqlari»: kuchli qor AQShning sharqiy qismini falajladi, Yaponiyada kuchli zilzila
Bunaqa qorni bu yerda eslasholmaydi. Bo‘ron Amerika Qo‘shma Shtatlari sharqida va poytaxt - Vashingtonda bo‘lib, yangi yilning dastlabki kunlarida minglab reyslarni bekor qilinishiga sabab bo‘ldi.
Shu kuni AQSh prezidenti Jo Baydenning samolyoti Amerika poytaxti yaqinidagi Endryus harbiy-havo bazasiga yetib kelganida bo‘ron ostida qoldi, bu haqda The Independent nashri xabar berdi.
Amerika yetakchisi qo‘nganidan 30 daqiqa o‘tibgina laynerni tark etishga muvaffaq bo‘ldi: bu vaqt davomida aeroport xodimlari yo‘lakni qordan tozalashdi. Shundan so‘ng Bayden yuzini bo‘rondan to‘sgan holda trapdan tushdi.
***
Bugun ertalab Yaponiyaning Tinch okeanidagi Ogasavara orollari yaqinida, Tokiodan 1000 kilometr janubda 6,3 magnitudali zilzila yuz berdi.
Yaponiya bosh meteorologiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishlari mahalliy vaqt bilan 06:09 (Toshkent vaqti bilan 02.09) da qayd etilgan. Zilzila manbai suv ostida 70 kilometr chuqurlikda bo‘lgan, sunami xavfi yo‘q.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Ogasavara orollari Tokiodan 1,2 ming kilometr janubda joylashgan. Mutaxassislar hafta davomida mintaqada takroriy silkinishlarni istisno qilmayapti.