Mahallalar va ehtiyojmand fuqarolar e’tibordan minnatdor

Samarqand shahrida viloyatda foydalanishga topshirilgan yangi mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda hozirda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ayrim mahallalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, viloyatdagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish maqsadida tadbir tashkil qilindi.
Tadbirda viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatdagi 7 ta mahallaga kompyuter jamlanmalari va nusxa ko‘chirish apparatlari, 9 ta mahallaga mebel to‘plamlarini berish haqidagi sertifikatlar topshirildi.

Sovg‘a va sertifikatlarni “Mahalla” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat bo‘limi boshqaruvi raisi A.Axtamov topshirdi hamda barchani mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami bilan qutladi.
Shuningdek, A.Axtamov bugun mahalla raisi va faollari zimmasida juda katta vazifa turganini, bu mas’uliyatni har bir mahalla raisi va xodimlari his qilishi, davlatimiz tomonidan mahallalarga qaratilayotgan e’tiborga javoban mehnat qilishi lozimligini ta’kidladi.
Shuningdek, bayram arafasida 80 nafar kam ta’minlangan, ehtiyojmand oila a’zolari holidan xabar olinib, 12 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

“Mahalla” xayriya jamoati fondi viloyat bo‘limi boshqaruvi axborot xizmati.