Mahallalarda gimnastika to‘garaklari tashkil etilyapti
- 03.04.2022 07:27
- 25
- Sport
Jomboy tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabida futbol, velosport, ot sporti, kamondan o‘q otish kabi 24 yo‘nalish bo‘yicha sport mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yildi.
– Maktabimizda 1,5 mingdan ortiq yoshlar sport turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda, – deydi maktab direktori Edib Amediyev. – Ularning 427 nafarini qizlar tashkil qiladi. Gimnastika mashg‘ulotlariga qatnayotgan 130 nafar qizlarga 5 nafar malakali murabbiy biriktirilgan. Yosh gimnastikachilarimizning 17 nafari viloyat chempioni. Qizlarni sportga yanada ko‘proq jalb etish maqsadida "Toshkent", "Polvonariq", "Sarichashma", "Dehqonariq", "Eski Jomboy" mahallalarida ham qo‘shimcha gimnastika to‘garaklari tashkil etganmiz.
Shuningdek, futbol, basketbol, qo‘l to‘pi, boks to‘garaklarimizga qatnashayotgan 150 nafar yosh sportchilarimiz orasida O‘zbekiston chempionati va kubogi sovrindorlari bor.
Hikmatillo Tohirov.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa