Maktab o‘quvchilari uchun 4 noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi
Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 3 noyabrga to‘g‘ri kelib, 4 noyabr kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9 noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 10 noyabrdan boshlanadi.
❗️Vazirlar Mahkamasining 2017 yildagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, o‘quvchilar uchun ta’til kunlari quyidagicha belgilangan:
👉kuzgi ta’til - 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
👉qishqi ta’til - 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
👉bahorgi ta’til - 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi ta’til - oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.
❕1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.
Ma’lumot uchun: Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.