Samarqand shahri maktablarida ta’tilda ham darslar bo‘ladimi?

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi izoh berdi.

Joriy yilning sentyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkazilgan muhim xalqaro siyosiy tadbir munosabati bilan Samarqand shahridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga, shuningdek, Samarqand tumanidagi 3 ta (7-, 23-, 53-), Toyloq tumanidagi 5 ta (11-, 12-, 15-, 17-, 59-), Oqdaryo tumanidagi 5 ta (25-, 38-, 39-, 41, 48-), Jomboy tumanidagi 6 ta (5-, 6-, 8-, 22-, 20- va 44-sonli) umumta’lim maktablariga 5-19 sentyabr kunlari navbatdan tashqari ta’til berilgan edi. Qoldirilgan dars soatlari o‘quv yili davomida beriladigan ta’tillar hisobiga qoplanishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, umumta’lim muassasalarida 5-8 sentyabr kunlari qoldirilgan darslar kuzgi ta’tilning 4-8 noyabr kunlari hisobidan, 9-14 sentyabr kunlari qoldirilgan darslar o‘rni qishki ta’til kunlarining oxirgi 5 kuni hisobidan, 15-17 sentyabr kunlari qoldirilgan dars mashg‘ulotlari o‘rni bahorgi ta’tilning oxirgi 3 o‘qish kuni hisobidan to‘ldirilishini ma’lum qilamiz.

Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.