Maktablar ta’mirida muammo yo‘q (mi?)
- 29.07.2024 14:14
- 411
- Ta’lim
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ta’lim muassasalarini joriy ta’mirlashga tuman, shahar mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan. Ushbu mablag‘ asosida zarur mahsulot (imulsiya, kraska, sement, ohak va boshqa)lar olib berilgan.
Shuningdek, tadbirkorlar, sobiq bitiruvchilar ham maktablar ta’miri uchun beg‘araz yordam ko‘rsatib kelmoqda.
Tizim tashkilotlarida ta’mirlash ishlarini olib borilishi yuzasidan keng jamoatchilik nazoratini ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining +99866-238-88-18 raqamli ishonch telefoni va @sammmtb_bot telegram rasmiy kanali tashkil etilgan.
Teglar:
maktab ta’miri