Maktablarni ta’mirlashga mablag‘ qayerdan ajratiladi?
- 30.05.2023 17:47
- 248
- Ta’lim
Prezident qarori bilan 2022–2026 yillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning asosiy prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash quyidagi mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi:
- ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar;
- Davlat byudjeti mablag‘lari;
- xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlari;
- homiylik xayriyalari, xususiy sheriklar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari mablag‘lari.
Teglar:
maktab ta’miri