Ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokurorning qanday vakolati bor?

2020 yilda ma’muriy sudlar tomonidan 33 ming 271 ta ishlar ko‘rilgan. Ularning 1074 tasi ommaviy huquqiy nizolarga, 32 ming 197 tasi ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni tashkil etgan.

Viloyat prokuraturasi xodimlari viloyat ma’muriy sudi apellyasiya va kassatsiya bosqichlarida 499 ta ishlarda prokuror vakolati ta’minlanib, qonuniy asosli va adolatli qaror qabul qilish yuzasidan asoslantirilgan fikrlar berilgan. Shundan 8 tasi apellyasiya, 43 tasi kassatsiya bosqichlarida viloyat prokuraturasining keltirilgan protestlari asosida bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan. Buning natijasida 37 nafar shaxsning huquqlari tiklangan.

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 167 murojaat bevosita tarmoq xodimlari tomonidan hal etilib, 7 tasi qanoatlantirilgan.

2021 yilning yanvar oyida birinchi bosqichda 58 ta ommaviy huquqiy nizolarga oid, 17 ta ishlar esa apellyasiya va kassatsiya bosqichlarida ko‘rilgan va bittasi apellyasiya protesti asosida bekor qilingan.

Qayd etish lozimki, Prezidentimizning “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining 1-bandiga asosan joriy yil 1 yanvardan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish ma’muriy sudlardan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tkazish belgilangan. Hozirda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Fayzulla Egamqulov,

Samarqand viloyati prokurorining katta yordamchisi.