Mehnat shartnomasini noqonuniy buzgan kollej direktori ma’muriy jarimaga tortildi

Nurobod tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro Saodat Eshqobulovaning ishga tiklash haqidagi arizasi ko‘rib chiqildi. Ish beruvchi - Nurobod iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji ma’muriyati 2019 yil 29 maydagi ishdan bo‘shatish haqidagi buyrug‘i bilan S.Eshqobulovani Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 4-bandi bilan ishdan bo‘shatgan va mehnat shartnomasini bekor qilgan. Mehnat shartnomasi bekor qilinishida mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinmagan.

Xodimni ishga tiklash, kompensatsiya va majburiy ishlamagan kunlari uchun ish haqini undirish to‘g‘risida fuqarolik ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sudning 2019 yil 18 iyuldagi hal qiluv qarori bilan S.Eshqobulova ishga tiklandi, unga 40.902 so‘m miqdorda kompensatsiya va majburiy ishlamagan kunlari uchun 313.582 so‘m miqdorda ish haqi undirib berildi.

Bundan tashqari, kollej direktori N.Ziyaddinov ma’muriy jarimaga va kollej bosh hisobchisi A.Mardanov intizomiy jazoga tortildi.

Boboravshan Bobomurodov,

Nurobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i.