"Men Vatanni kuylayman!"
Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan shu nomdagi ko‘rik-tanlov e’lon qilindi.
Tanlov xonandalik ijrochiligi san’ati sohasidagi mahorati bilan odamlarning yuragiga yetib boradigan, ezgulikka chorlaydigan, yoshlarni vatanparvarlikka undovchi asarlar yaratishda faollik ko‘rsatayotgan yangi ovozlarni aniqlash hamda rag‘batlantirib borish, shuningdek, mustaqillikni, Vatanni madh etuvchi yangi qo‘shiqlarni aniqlash maqsadida tashkil etilmoqda.
Tanlovda nomzodlar milliy estrada va an’anaviy xonandalik ijrochiligi bo‘yicha saralanadi. Tanlov ishtirokchilari 15 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lishi shart.
Ishtirokchi iste’dodi va ijro madaniyatining o‘ziga xosligi, badiiy mahorati va saviyasi, milliy san’atimizning yuksak namunalaridan xabardorligi bilan alohida ajralib turishi, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, mustaqillik g‘oyalarini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan madaniy-ma’rifiy islohotlar mohiyatini san’at vositasida targ‘ib etishga xizmat qilishi lozim.
Ko‘rik-tanlov g‘oliblari:
1-o‘rin uchun 10 million so‘m,
2-o‘rin uchun 7 milion so‘m,
3-o‘rin uchun 5 milion so‘m pul mukofoti, diplom hamda edalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Ko‘rik-tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar joriy yilning 1 avgustiga qadar viloyat madaniyat boshqarmasida tashkil etilgan (91) 526 75 49 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.