Milliy gvardiya xodimi, armrestling bo‘yicha uch karra jahon chempionining muvaffaqiyat yo‘li haqida

Zuhra Xo‘jaqulova,
Milliy gvardiya xodimi:
«Meni buvim katta qilganlar. 13 yoshimda vafot etdilar. Shunda rosa qo‘rqdim, «Endi kelajagim nima bo‘ladi?» degan xavotir uyg‘ondi.
Keyin maxsus shaharchaga keldim. Tarbiyachim menga ona mehrini berdi, ovutdi, erkaladi, dalda bo‘ldi. Tarbiyachimni o‘zimning «onam» deb ayta olaman.
Shaharchada turli to‘garaklar bo‘lib, men sportning armrestling turi bilan shug‘ullana boshladim. Yutuqlarim: 15 karra O‘zbekiston, 6 karra Osiyo, 3 karra jahon chempioniman».