Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Milliy gvardiyachi va qo‘riqlash xizmatida ishlayotgan ayollar har qancha e’zozga munosib

8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi va qo‘riqlash boshqarmasida munosib xizmat qilib kelayotgan ayol harbiy xizmatchi va xodimlar uchun bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik L.Yaxshilikov va qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik R.Namozov barcha xotin-qizlarni bayram bilan muborakbod etib, ularga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondonining maxsus sovg‘alari hamda boshqarmalarning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirdi.
Bayramona dasturxon va unga monand kuy-qo‘shiqlar va munosib rag‘batlar go‘zal opa-singillarimizga ko‘tarinkilik ulashish bilan birga, kelgusida yangi maqsadlar sari kuchga to‘lib, shijoat bilan faoliyatlarini davom etishiga xizmat qiladi.