Moskva metrosida farzandini tashlab ketgan o‘zbek ayoli qo‘lga olindi (video)
- 15.02.2020 11:40
- 512
- Xorij
Moskva huquq-tartibot organlari xodimlari 12 fevral kuni metro stansiyasida bolani tashlab ketgan ayolni topdi.
Xabarda aytilishicha, 12 fevral kuni Moskva “Park Pobedi” metro stansiyasining yer osti o‘tish joyida noma’lum ayol tomonidan chaqaloq tashlab ketildi. Kecha Moskva politsiyasi xodimlari ayolni topishdi.
Xavf ostida qoldirish moddasi bo‘yicha ish ochilgan. Shifokorlar chaqaloqni dastlabki ko‘rikdan o‘tkazishdi va hech qanday kasallik alomatlarini aniqlashmadi.
Tergovchilar tarjimon ishtirokida ayolni so‘roq qilishdi.
So‘rov vaqtida ayol aybini to‘liq tan olgan va moliyaviy qiyinchilik tufayli shunday qilishga qaror qilganini aytgan.
"Bugun tergovchi sud oldida unga nisbatan "hibsga olish" haqidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yuzasidan so‘rovnoma kiritadi", deyilgan xabarda.