Mudhish YTH oqibatida 19 yoshli qiz vafot etdi
Joriy yilning 19 may kuni soat 13:30 larda Buxoro viloyati Qorako‘l tumani hududidan o‘tgan 4R-76 “Qorako‘l-Yangibozor-Jig‘achi” avtomobil yo‘lining 7-kilometrida haydovchi - 1989 yilda tug‘ilgan M.J. (erkak) “Neksiya” rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarayotib, oldinda ketayotgan avtomobilni quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, qarshisidan kelayotgan haydovchi - 1981 yilda tug‘ilgan N.T. (erkak) boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasining old qismiga urilib, YTH sodir etgan.
Oqibatda “Neksiya” rusumli transport vositasi oldi o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi - 2001 yilda tug‘ilgan Z.N. (qiz bola) og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Ushbu avtomobil haydovchisi M.J. va yo‘lovchisi - 1979 yilda tug‘ilgan S.A. (ayol) tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Qorako‘l tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar berdi IIV YHXBB axborot xizmati.