Muftiy Usmonxon Alimov oilasi og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining ukasi Badriddinxon Temirxon o‘g‘li Alimov vafot etdi. Bu haqda Din ishlar qo‘mitasi ma’lum qildi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati va jamoasi hamda Konfessiyalar kengashi a’zolari muftiy hazratlariga ukalarining vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi.

Alloh taolo marhumning yaqinlari, oila a’zolari, farzandlariga chiroyli sabr bersin.

Yaratgan oxiratlarini obod qilsin!