Muftiy Usmonxon Alimov vafot etdi
- 15.08.2021 11:54
- 850
- Dolzarb
Xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 71 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Muftiy hazratlari Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tavallud topgan. 1982-1983 yillarda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, 1983-1987 yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida, 1989-1990 yillarda esa Marokashning “Karaviyn” dorilfununida tahsil olgan.
Usmonxon Alimov hazratlari Payariq tumanida joylashgan Imom Buxoriy nomidagi jome masjidida 1980-1982 yillarda imom-noib, 1987-1989 yillarda, so‘ngra yana 1990-2006 yillar mobaynida ushbu masjidning imom-xatibi sifatida faoliyat yuritgan.
2000-2006 yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakili, bosh imom-xatibi bo‘lib mehnat qilgan. 2006 yildan buyon esa O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida ishlab kelayotgandi.
Marhumning oila a’zolari, yaqinlari va barcha muridlariga sabr tilaymiz.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa