Muhojirlar o‘rtasidagi mojaro otishma bilan yakunlandi
Serbiya va Vengriya chegarasida muhojirlar o‘rtasidagi to‘qnashuvdan keyin bir kishi jarohatlangan, bir necha kishi hibsga olingan.
Xorgosha aholisining yaqin atrofda otishma bo‘lgani haqidagi qo‘ng‘iroqlaridan so‘ng politsiya voqea joyiga yetib kelgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari u yerda bir guruh erkak, jumladan, o‘qdan jarohat olgan yigirma yoshli yigitni topgan.
Hodisa so‘nggi oylarda Bolqon orqali G‘arbiy Yevropaga kirishga urinayotgan noqonuniy muhojirlar sonining sezilarli ortishi fonida yuz berdi. Ularning aksariyati Afg‘oniston va Suriya fuqarolaridir. Keyin noqonuniy muhojirlar YeIga a’zo mamlakatlar - Vengriya va Xorvatiyaga kirishga harakat qilishmoqda.
Serbiya-Vengriya chegarasida yuzlab qochqinlar lager qurishgan. Muhojirlar doimiy ravishda bu yerda o‘rnatilgan sim to‘siqdan o‘tishga harakat qilmoqda va Vengriya politsiyasi bilan to‘qnashmoqda.
Serbiya politsiyasi 600 ga yaqin noqonuniy muhojir bo‘lgan hududni «tozalagan»ini ma’lum qildi.