Polsha Belarus bilan chegaradagi vaziyatdan tashvishda: mamlakat harbiy jangovar tayyorgarligini oshirmoqda
Ayni vaqtda Belarusdan minglab muhojirlar oqimining Polsha tarafga yo‘l olishi ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘lib turibdi. Belarus tomoni esa chegaradagi to‘siqlarni olib tashlamoqda.
Polsha Mudofaa vazirligi Belarusdan chegaraga kelgan muhojirlar karvoni tasvirini joylashtirdi. Mamlakat bosh vaziri Belarus bilan chegaradagi vaziyat tufayli shoshilinch ravishda 13:00 (Toshkent vaqti bilan 16.00)da Inqirozga qarshi shtabni chaqirmoqda, deya bayonot bergan hukumat vakili matbuot kotibi Petr Myuller jurnalistlarga.
Polsha tashqi ishlar vazirligi chegaraga yetib kelgan muhojirlar kolonnasini Polshaga ommaviy kirishga eng yirik urinish deb atadi va Polsha xavfsizlik kuchlari ularni kutib olishga tayyorligini bildirdi.
Ayni paytda Polshaning Belarus chegarasidagi hududiy mudofaa qo‘shinlari 6 soatlik tayyor holatga keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Polsha harbiylari afg‘on muhojirlarini Belarus chegarasidagi punktlarga qaytargan edi.