Tanzila Narbayeva Belarus prezidenti bilan uchrashdi

Bugun, 5 sentyabr kuni, Tanzila Narbayeva Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston – Belarus biznes doiralari va tadbirkor ayollar birinchi biznes-forumiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu tadbir ayollar tadbirkorligini rivojlantirishiga muhim hissa qo‘shishi, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha yangi taklif va tashabbuslarni muhokama qilish va ishlab chiqish uchun samarali maydonga aylanishi ta’kidlandi.

Erishilgan shartnoma va kelishuvlar ijrosi ustidan ta’sirchan parlament nazorati o‘rnatilishi ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. Qo‘shma tadbirlar orqali gender tengligiga erishish va Belarus ayollar ittifoqi bilan hamkorlikni mustahkamlash zarurligi qayd etildi.

Uchrashuv davomida boshqa muhim masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.