Polsha harbiylari afg‘on muhojirlarini Belarus chegarasidagi punktlarga qaytardi
Polsha chegara xizmati kun davomida Belarus-Polsha chegarasini rekord darajada noqonuniy kesib o‘tishga urinish (jami 529 ta)larni qayd etdi. Shuningdek, Mixalovo hududida ushlangan bir guruh muhojirlar ichki ishlar vaziri buyrug‘iga ko‘ra, chegara chizig‘iga qaytarilgan. Chegara qo‘riqchisi vakilining so‘zlariga ko‘ra, muhojirlarning hech biri xalqaro tashkilotlarga murojaat qilishni xohlamagan. Ular arizalarni Germaniyaga topshirmoqchi ekanliklarini aytishmoqda.
Bu afg‘on muhojirlari avgust oyidan buyon Polsha chegarasida.
O‘tgan payshanba kuni Polsha Seymi katta migrantlar oqimi tufayli Belarus bilan chegaradosh hududlarda joriy etilgan favqulodda holat rejimini 60 kunga uzaytirishga ovoz berdi.
Homo Faber inson huquqlari tashkiloti noqonuniy muhojirlarga yordam berishga harakat qilmoqda. Faollar og‘ir ahvolda qolgan muhojirlarni o‘rmondan topishdi. Avvalroq, qochqinlardan biri nodavlat notijorat tashkilotiga qo‘ng‘iroq qilib, guruhning qayerdaligini aytdi. Polshada qolish uchun muhojirlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilishi so‘ralgan. NNT vakili Anna Dombrovskaya esa muhojirlarga chegarachilar bilan uchrashish mumkinligi va ular Belarusga qaytarishini tushuntirdi.
Polsha bu vaziyatda Belarusni ayblaydi. Varshavaning aytishicha, Belarus hukumati migratsion inqirozni keltirib chiqarish uchun qochqinlarni o‘z mamlakatiga o‘tishini osonlashtiryapti. Keyin esa ularni Polsha, Litva va Latviya bilan chegarasiga yubormoqda.