Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mukofotlangan samarqandlik IIB xodimlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni ko‘ra, mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimizda jamoat xavfsizligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati, sharafli burchini bajarishda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgani, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan bir guruh soha xodimlari mukofotlandi.

Ular orasida samarqandliklar ham bor:

«Jasorat» medali bilan

Qodirov Axmad Jumanovich - Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni otryad komandiri

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Alkarov Eldor Maxmudovich -Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i

Bariyev Zamir Serverovich -Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi kinologiya xizmati kichik inspektor-kinologi