Samarqandning fidoyi va faol muallim hamda murabbiylari mukofotlandi

Prezidentimizning shu yil 29 sentyabrdagi Farmoniga ko‘ra, ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni keng joriy etish ishlariga qo‘shgan hissasi, o‘quvchilarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi tashabbuskorligi va fidoyiligi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun respublikamizdagi ko‘plab o‘qituvchi va murabbiylar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi. Ular orasida samarqandliklar ham bor.

«O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» faxriy unvoni bilan:
IMOMOVA Sayyora Abdurahmonovna — Kattaqo‘rg‘on shahridagi 11-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-V sinf rahbari, fizika fani o‘qituvchisi.

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan:
NIZOMOVA Dilfuza Latifovna — Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-B sinf rahbari, biologiya fani o‘qituvchisi.

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan:
MAMATMURODOVA Oyto‘ti Rahmonqulovna — Jomboy tumanidagi 2-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi.

«Do‘stlik» ordeni bilan:
DAVLANOVA Dilorom Ahmadovna — Qo‘shrabot tumanidagi 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
UZOQOV Akram Nurmuhamedovich — Ishtixon tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiysi.

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan:
AXMEDOVA Maxfirat Lapasovna — Samarqand davlat tibbiyot instituti akademik litseyining kimyo fani o‘qituvchisi.
HUSANOVA Nigora Yaxshiboyevna — Paxtachi tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.

«Shuhrat» medali bilan:
DEHQONOVA Dilnoza Toshpo‘latovna — Samarqand davlat chet tillar institutining ingliz tili filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi.
QOSIMOV Umidjon O‘lmasovich — Urgut tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

MO‘MINOVA Gulmira Meliqulovna — Oqdaryo tumanidagi 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
RAHIMOVA Marhabo Avazovna — Oqdaryo tumanidagi 1-oilaviy bolalar uyi direktori.

RO‘ZIQULOVA Shohista Anorboyevna - Payariq tumanidagi 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2-A sinf rahbari, kimyo fani o‘qituvchisi.
ERKAYeVA Gulmira Irnazarovna — Nurobod tumanidagi «Barkamol avlod» bolalar maktabining «Eko-dizayn» to‘garagi rahbari.