Mulkdor xonadonidagi tayanch konstruksiyalarni buzsa, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin
Shu va boshqa javobgarliklar haqida Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi shu’ba rahbari Furqat Qozoqboyev so‘zlab berdi.
Viloyat hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish samaradorligini oshirish, sohadagi muammolarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish maqsadida o‘rganishlar olib borilmoqda.
Bugun viloyatimizda ko‘p qavatli uylarni boshqarish organlari soni 64 tani tashkil etib, shundan, 54 tasi boshqaruv servis kompaniyalari, 10 tasi shirkatlardir. Ko‘p kvartirali uylarni saqlash va avariya dispecherlik xizmati faoliyatini o‘rganish maqsadida 52 ta tungi va kunduzgi, 11 marta issiqlik ta’minoti tizimiga ulanish muammolari bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazildi. 43 marta ko‘p kvartirali uylardagi issiqlik ta’minoti tizimi o‘rganilib, qoida buzgan 2 nafar fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ob’yektlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha pudratchi tashkilotlarga yozma ko‘rsatmalar berildi.