Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Mustaqillik karvoni" Samarqandga keldi (foto)

Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan yangi loyiha - “Mustaqillik karvoni” doirasida Prezident sovg‘asi Samarqand shahriga yetib keldi.

Mazkur “Bibliobus” orqali 14 mingdan ziyod, 12 nomdagi badiiy adabiyotlar olib kelindi.

Ushbu kitoblarning barchasi shahar va tumanlarimizdagi umumta’lim maktablari kutubxonalariga bepul tarqatilishi belgilangan.

Kitoblar ichida ilk marotaba kitob shakliga keltirilib, 10 ming nusxada chop yetilgan asarlarning ham mavjudligi yosh kitobsevarlar uchun ahamiyatli bo‘ladi.