Muzokara: Tolibon – Yevropa Ittifoqi
- 13.10.2021 10:31
- 135
- Xorij
Kecha, 12 oktyabr kuni Qatar poytaxti Doxada Yevropa Ittifoqi va Tolibon harakati vakillari uchrashdi.
Muzokarada gap Afg‘onistonda hukumatni qo‘lga olgan Tolibon harakatining rasmiy e’tirofi haqida bormadi. Unda mamlakatni tark etishni istagan odamlarning erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilmaslik, shuningdek, gumanitar yordamga yo‘l ochish va ayollar huquqlari asosiy masala bo‘ldi.
Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Afg‘oniston terrorchilar boshpanasiga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda. Yevropa delegatsiyasining tarkib va mansabi ma’lum qilinmadi.
Shu bilan birga, hukumat tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi aytganidek, Tolibon "boshqa davlatlar bilan ijobiy munosabatlar o‘rnatmoqchi, chunki bu Afg‘onistonni beqarorlikdan qutqarishi mumkin".
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa