Narpayda nogironligi bor shaxslarga reabilitatsiya vositalari topshirildi, mas’ullar ularning xonadonlarida bo‘lishdi
1992 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasida 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni sifatida e’lon qilindi. Ushbu kunning o‘tkazilishi nogironligi bor shaxslarning muammolariga, xususan, ularning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hayotdagi ishtirokidan yuzaga keladigan afzallikka jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, ularning huquqlari va farovonligini himoya qilishga qaratilgan.
Narpay tuman hokimligi xabariga ko‘ra, mazkur kun munosabati bilan tumandagi nogironligi bor shasxlar uchun bayramona dasturxon yozilib, osh tortildi.
Nogironligi bor 25 nafar fuqaroga aravacha, hamda bir qator imkoniyati cheklangan tumandoshlarimizga qo‘ltiqtayoq, hassa, eshitish moslamasi va boshqa reabilitatsiya vositalari berildi.
Shuningdek, mas’ullar yana bir qator nogironligi bor shaxslarning xonadonida bo‘lib muammolarini o‘rganishgan, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatishgan.