Navro‘z bayrami munosabati bilan Samarqandda turizm xizmatlari uchun 50 foizgacha chegirmalar e’lon qilinadi

"Navro‘z bayramini nishonlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga asosan 5 kunlik dam olish kuni belgilangan.

Shu munosabat bilan, viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tashabbusi bilan mehmonxonalar, mehmon uylari, turistik-transport xizmatlari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari tomonidan bayram kunlari chegirmalar e’lon qilinmoqda.

Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga ko‘ra, bayram doirasida joylashtirish vositalarida 20 foizgacha, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 22 foizgacha, turistik firmalarda 35 foizgacha chegirmalar beriladi.