"Neksiya" va "Kamaz" ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchi kasalxonada
- 11.03.2020 15:47
- 224
- Hodisa
Joriy yilning 10 mart kuni soat 21:00 larda M-34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘lining 103 kilometrida - Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududida haydovchi B.I. boshqaruvidagi “Kamaz-53212” rusumli transport vositasining qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi A.I. boshqaruvidagi “Neksiya-1” rusumli transport vositasining o‘tib ketishini kutmasdan orqaga qayrilishi oqibatida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Oqibatda “Neksiya-1” rusumli transport vositasi yo‘lovchisi Sh.K. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
"Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishingizni, o‘zingiz va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasligingizni so‘raymiz", deyilgan O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
NNTlar bu yil yanada faolroq bo‘lishi kerak
- Kecha, 17:51
- Samarqand
Omonatga xiyonat
- Kecha, 17:29
- Mutolaa
Infografika: Dunyodagi eng baland binolar
- Kecha, 17:20
- O'qing, qiziq!