Nikita Rafalovich va Feruza Sodiqova bronza medalini qo‘lga kiritdi
Meksika davlatida o‘tayotgan taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida bir yo‘la ikki nafar hamyurtimiz shohsupaga ko‘tarildi.
-87 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nikita Rafalovich Polsha, Sloveniya va makedoniyalik raqiblarini mag‘lub etib, yarim finalga qadar yetib bordi. Afsuski, bu bosqichda kelib chiqishi eronlik bo‘lgan Serbiya fuqarosiga imkoniyat boy berildi va Nikita Rafalovich jahon chempionati bronza medalini qo‘lga kiritdi.
-62 kg vaznda o‘zbekistonlik Feruza Sodiqova Avstraliya, Kuba va kanadalik sportchilarni taslim etib, yarim finalga chiqdi. Biroq bu bosqichda Feruza gretsiyalik taekvondochiga yutqazib qo‘ydi va bronza medali sohibasiga aylandi.