"Dutch Open-2023"da taekvondochilarimiz 3 ta oltin, 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi
- 13.03.2023 14:26
- 30
- Sport
Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida taekvondo WT bo‘yicha "Dutch Open" xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 8 nafar vakili medallar uchun kurash olib bordi.
O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, ularning 5 nafari sovrindor bo‘ldi.
Shuhrat Salayev, Jasur Jaysunov va Nikita Rafalovich barcha raqiblarni mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ulug‘bek Rashitov hamda Svetlana Osipova esa bronza medalga ega chiqdi.
"Dutch Open-2023" sovrindorlari:
- Oltin – Shuhrat Salayev;
- Oltin – Jasur Jaysunov;
- Oltin – Nikita Rafalovich;
- Bronza – Ulug‘bek Rashitov;
- Bronza – Svetlana Osipova.
Teglar:
taekvondo
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Siyosiy sharh: G‘alati g‘alaba
- 25 daqiqa avval
- Siyosat
Dunyoning eng kuchli bilyardchilari Samarqandda bellashmoqda
- 58 daqiqa avval
- Sport
22 aprel - Xalqaro Yer kuni
- 1 soat avval
- Mutolaa
6 million o‘zbekistonlik xorijda
- Bugun, 10:16
- O‘zbekiston