30 ming AQSh dollariga yer sotayotgan firibgarlar qo‘lga olindi
- 05.02.2023 17:54
- 445
- Jinoyat va jazo
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyati IIB xodimlari hamkorligida noqonuniy yer savdosining oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Samarqand tumani Turkman qishlog‘ida yashovchi 1975 yilda tug‘ilgan A.U. Past Darg‘om tumani hokimligi balansida bo‘lgan 0,21 gektar bog‘ni mahalliy fuqaroga 30 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 15 ming AQSh dollarini ushbu jarayonda faol ishtirok etgan Past Darg‘om tumanida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan T.I. bilan birga olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.