Noqonuniy tarzda qurol olib yurgan shaxs aniqlandi

Joriy yilning 11 iyun kuni soat 20:00 da Toshkent shahri Chilonzor tumani 3-IIBga birinchi bosqichga xizmatga jalb etilgan, IIBB PPX brigadasi 4-batalon, 1-otryadi xodimlari, safdorlar Sh.Normaxamatov va I.Mirzamahmudov o‘z hududlarida xizmat olib borayotgan bo‘lgan.

IIV xabariga ko‘ra, shu vaqtlarda ular Chilonzor tumani “Adiblar xiyoboni” oldida joylashgan avtoturargohi oldida bemaqsad turgan fuqaroni ko‘rib, shaxsiga oydinlik kiritish uchun oldiga borganlarida, u xodimlarni ko‘rib qochishga urinadi.

Lekin xodimlarning tezkorligi natijasida ushbu shaxs ushlanib, Chilonzor tumani 3-IIBga olib borib shaxsi tekshirilganda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 111-uyda yashovchi, 1983 yilda tu-ilgan M.T. ekanligi aniqlangan.

Xolislar ishtirokida tintuv o‘tkazilganda, unga tegishli sumka ichidan tegishli hujjati bo‘lmagan pnevmatik o‘q otar qurol borligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.