To‘pponcha sotmoqchi bo‘lgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Bir necha shaxslardan iborat va oldindan til biriktirgan jinoiy guruh «Stechkin» rusumli, 9 millimetr kalibrli pistoletni 1500 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 29 yanvar kuni Toshkent shahrida sodir bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, polkovnik A.Tashpo‘latov tomonidan berilgan topshiriqqa asosan jinoyatchilar "Stechkin" avtomatik pistoletini sotmoqchi bo‘lishganda qo‘lga tushgan.

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoiy guruhning 4 nafar a’zosiga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.